-
Chet elliklar & Immigratsiya Markazi
Keumseong Yuridik fiirmasi chet elliklarning mamlakatga kirishi va chiqib ketishi uchun qulaylik yaratish va Koreyada bo'lgan paytida yuzaga kelagan barcha muammolarni hal qilishda, chet el hodimlari va yursitlardan iborat jamoasiga egadir. Bizning firma kommunal xizmatlar, ko'chmas mulk sarmoyasi, ichki tibbiy turizm va chet el kompaniyalarini o'z ichiga olgan holda, ish haqining buzilishi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar kabi ishlarda har tomonlama o'zning professional xizmatlarni ko'rsatadi.
-
Xizmat ko'rsatish turlari
Viza, taklifnoma biznesiga oid maslahatlar / chet ellik (korporatsiya) sarmoyasi / doimiy yashash huquqi va fuqarolik uchun ariza topshirish / immigratsiya huquqbuzarliklarini bartaraf etish / tibbiy turizmga tashrif / jamoat manfaati biznesi, ko'chmas mulk sarmoyasi / SOFA faoliyati / Ish haqini undrish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar / shartnomalar bo'yicha maslahat berish, tarjima / yangi biznesni rivojlantirish guruhi va hk.
-
Asosiy xizmat turlari
Viza turlariga oid maslahatlar
Keumseong Yuridik firmasi Chet el fuqarolarining Koreyaga qonuniy kirishini qo'llab-quvvatlash maqsadida mutaxassislar bilan birgalikda oila a'zolarni taklif qilish va yashash maqomiga mos keladigan tartib-qoidalar bo'yicha maslahatlar berib kelishmoqda, va ularning asosiy vazifalari quyidagilardir.
- Turizm maqsadida qisqa muddatli viza
- doimiy yashash, fuqaroligi va boshqalar kabi oilaviy taklifnomalar.
- Koreya fuqarosining turimish o'rtoqi va ular oilalarini taklif qilish
- Xalqaro talabalar, til o'rganuvchilar va a'lo darajadagi xususiy muassasalar
- Qarindoshlarni ko'rgani kelsih, millatdoshlarni qisqa muddatga taklif qilsih
- Bolalarni katta qilsih uchun taklifnoma
- Kirish imkoniyati cheklangan oilalarni taklif qilish
- Xorijiy (korporativ) investitsiyalar
viza muddatini uzaytirish va uning turini o'zgartirish
Keumseong Yuridik firmasi Koreyada istiqomat qiluvchi chet el fuqarolariga qonuniy ravishda yoki chet el ishchilarining qonuniy ravishda uzoq vaqt yashash masalalari haqida maslahat beradi va turli xil uzoq muddatli yashash huquqiga doir ruxsatnomalarni olishda amaliy yordam beradi.
- Turmish (F-6) viza bilan bog'liq
- Xalqaro talabalar (D-2) uchun ish qidirish (D-10) va yashash (F-2)ga o'zgartirish
- Xorijlik ishchilarning kasbiy kadrlar (E-7-4) turiga o'zgartirish
- Ish bilan tashrif(H-2) xorijdagi koreyes fuqarolari(F-4)ga doimiy rezident (F-5) maqomini olish
- Koreya fuqaroligini olish talabi bo'lgan shaxsning doimiy yashash yoki fuqaroligi to'g'risidagi ariza berish ishlari
Xorijiy korporativ investitsiyalar
Keumseong Yuridik firmasi chet el investitsiya kompaniyalarini tashkil etish, xorijiy kompaniyalarning mahalliy filiallari yoki vakolatxonalarini ochish va keyingi ichki faoliyat hamda xorijiy investorlarning barqaror joylashuvi bilan bog'liq masalalar bo'yicha keng qamrovli yuridik xizmatlarni taqdim etadi. Bundan tashqari turli xil yashash uchun ruxsatnomalar uchun talab qilinadigan immigratsion vizalar, yashash uchun ruxsatnomalar kabi immigratsiya xizmatlari va uyni ijaraga olish kabi muammolarni hal qilishda o'z xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.
- Shaxsiy investitsiyalar (D-9)
- Xorijiy sarmoyadorlar bilan ishlash kompaniyasini tashkil etish / viza olish uchun ariza berish / investitsiya talablarini o'zgartirish (D-8)
- Xorijiy investorning yashash (F-2) yoki doimiy yashash (F-5) maqomiga olishda ariza berish
- Xorijliklar va mutaxassislarning mahalliy yordamchilarini taklif qilish
- Xorijiy kompaniyalarga maslahat berish
- Sud ishlarida yordam ko'rsatish
Doimiy yashash va fuqarolikka topshirish
Keumseong Yuridik firmasi chet elliklar uzoq vaqt qolish uchun zarur bo'lgan yashash muddatini uzaytirish yoki yashash maqomini o'zgartirish kabi turli xil yashash uchun ruxsatnomalar uchun maslahat berish va ariza topshirishda xizmat ko'rsatadi. Shu bilan birga Koreyada uzoq vaqt bo'lgan chet elliklar va chet el koreyes fuqarolariga doimiy yashash yoki fuqaroligini olish yuzasidan talablarga javob beradigan maslahatlar berib kelmoqda.
- Farzand asrab olish uchun fuqaroligi to'g'risida ariza berish
- Fuqaroligini olish talabi bo'lgan shaxsning doimiy yashash yoki fuqarolik olish
- Nikohdagi yoki nikohi bekor bo'lgan shaxsga doimiy yashash va fuqarolik uchun ariza berish
- Doimiy yashash yoki fuqaroligini olishdan mahrum qilngan shaxsni huquqini himoya qilish va sud ishlari
Immigratsion huquqbuzarliklar(majburiy deportatsiya)ni bartaraf qilish
Keumseong Yuridik firmasi immigratsiya nazorati to'g'risidagi qonun yoki boshqa qonunlarni buzgan holda Koreyadan deport bo'lish, vizani bekor bolishi kabi muammolarga uchragan shaxslarga sud ishlarida huquqiy va amaliy xizmat ko'rsatib kelmoqda.
- Turli xil yashash huquqidan mahrum qilish qarorga nisbatan e'tiroz bildirish yoki ma'muriy hukmni talab qilish
- Vaqtincha(immigartsiya) ozodlikka chiqarish uchun ariza berish
- Majburiy deportatsiya qaroriga qarshi e'tiroznoma berish
- Majburiy deportatsiya tartibini bekor qilish va ijroni to'xtatib turish uchun ariza
- Chiqib (koreyadan) ketish muddatni kechiktirish uchun ariza
- Majburiy deportatsiyaga uchragan shaxsning qayta kirish va boshqa shikoyatlar bo'yicha maslahatlar
Tibbiy turizmni qo'llab-quvvatlash
Keumseong Yuridik firmasi Sog'liqni saqlash va farovonlikni saqlash vazirligi, Adliya vazirligining HUNET KOREAda qabul qiluvchi tashkilot a'zosi sifatida tibbiy turizmni amalga oshirishni istagan xorijiy bemorlarni ro'yxatdan o'tkazish va eng malakali tibbiyot tashkilotlari bilan shartnoma tuzishda xizmat ko'rsatib kelmoqda.
- Xorijiy bemorlarni jalb qilish bo'yicha faoliyat
- Chet ellik bemorlarning kirish vizalarini rasmiylashtirish va yashash muddatini uzaytirish
- Shifoxona bron qilish
- Immigratsion yordam, turar joyni bron qilish, tarjima, qarovchilik va turistik ma'lumotlarni taqdim etish
- Huquqiy maslahat va davomiy nazorat
Jamoat manfaati tijorati, ko'chmas mulk sarmoyasi
Keumseong Yuridik firmasi Adliya vaziri tomonidan e'lon qilingan ko'chmas mulk bilan bog'liq investitsiya, immigratsiya sohasidagi tajribalariga asoslanib, oila a'zolarga viza olishdan tortib investorlarga xizmat ko'rsatish bilan birgalikda Jamoat manfaati loyihalariga sarmoya kiritishga da'vogarlarni imtihondan o'tkazish va ularning oilalarining ichki immigratsion masalari bo'yicha ham xizmatlar ko'rsatadi
- Ko'chmas mulkka investitsiya jalb qilish
- Ko'chmas mulk investitsiyalarini rivojlantirish biznesi bo'yicha maslahat
- Investor va oilaviy viza va yashash uchun ruxsat olish uchun ariza berish
- Jamoat manfaati investorlar va ularning oilalari uchun kirish vizasi va yashash huquqiga doir masalalar
- Investitsion mulk va jamoat manfaatlariga oid loyihalarni amalga oshirishda qo'llab-quvvatlash
Davlatlar o’rtasida kelishuvga oid xizmatlar.
Biz, Kemseong Advokatura Firmasi, Koreyada yashayotgan Koreys va chet-el fuqarolariga ko’p yillar davomida yordam berib kelmoqdamiz. Hozirda, firmamizda 20 dan ortiq huquqshunoslar, immigratsiya masalalari bilan shug’ullanuvchi konsul va 35 dan ortiq ishchi hodimlar faoliyat yuritmoqda.
Keumseong Advokaturasi mahalliy, fuqarolik, jinoiy, immigratsiya, mehnat masalalarida yuridik xizmatlarni taklif qiladi. Bizning asosiy xizmatlarimiz quyidagilar:
● Koreya vizasi:
- Viza turini o’zgartirish, viza muddatini uzaytirish, ish vizasi.
- O’zbekiston va boshqa chet mamlakatlardan oila a’zolari, do’stlari va biznes hamkorlarni Koreyaga taklif qilish.
- Koreyada xizmatdan bo’shatilgan askarlarga yordam berish.
● Oila sud ishi:
- Nikohni bekor qilish (ajrim)
- Bolani vasiylikka olish
- Aliment to’lash (moddiy ta’minlash)
- Koreya qonunchiligiga ko’ra mol-mulk merosi
● Davlatlararo kelishuv / Jinoiy ishlar:
- Davlatlararo kelishuvlarga bog’liq maslahatlar
- Militsiya va sud ishida yordam
● Boshqa xizmatlar:
- Avtohalokat va sug’urta to’lovi
- Koreya mehnat qonunchiligiga bog’liq da’vo
- Soliq yoki hisob-kitob da’vosi
- Koreyada biznes ochish
Ish xaqini kechiktirilishi va ishxonada(ishdan tashqari holatlarda ham) baxtsiz hodisaga uchrash bilan bog‘liq masalalar
Keumseong Advokaturasi Koreyada ishlash davomida yuzaga keladigan to‘lanmagan ish xaqi, 13-oylik to’lovi va ishxonadagi baxtsiz hodisalar bilan bog’liq muammolar bo’yicha malakali xodimlarizmiz kerakli maslahatlari berishadi.
- Chet ellik ishchilarning ish xaqi va ishdan bo‘shagandagi (13-oylik) to’lovi
(퇴직금~ tejikkim)
(Noqonuniy (yashovchi)ishlovchi va yurtiga qaytib ketgan ishchixodimlar ham)
- Ishxonada baxtsiz hodisaga uchraganda (산재 – sanje) kompensatsiya to‘lovi
- Ish beruvchining ish xaqini bermaslik holatlarida, tovon to’lash fuqorolik javobgarligiga tortilishi
- Sug‘urta kompaniyasi tovon pulining tasdiqlanishini rad etilishi
- Ishxonada baxtsiz hodisaga uchrab sug’urta pulini olgunga qadar Koreyada istiqomat qilib qolishga yordam berish
Shartnoma bo’yicha maslahatlar va tarjima
Keumseong Advokaturasi professional huqushunoslari, Koreyada chet el kompaniyalarining bo’limini ochish va shuningdek mahalliy kompaniyalarning chet elda bo’limlarini ochishda, ingliz va indonez va boshqa tillarda shartnoma tuzish, maslahatlar berish va tarjima ishlariga yordam beradi.
- Chet el kompaniyasi (fuqarosi)ning Koreyaga kirishini qo’llab-quvvatlash/mahalliy kompaniya (fuqaro)ning chet elga chiqishini qo’llab-quvvatlash
- Professional huquqshunoslar tomonidan shartnoma tuzishda maslahat va tarjima(ingliz ,indonez va boshqa tillarda)
- Hujjatlarni O’zbek, Xitoy, Vetnam, Pokiston, Rus tillariga tarjima qilish
Yangi biznesni rivojlantirish guruhi
Keumseong Advokaturasi yangi ishbilarmonlik guruhini tuzgan holda mahalliy ishchi kuchining yetishmasligi, tashqi investitsiyalarni jalb qilish va chet elliklarni ish bilan ta’minlashga oid dasturlarda qatnashib chet elliklarning Koreyaga kelishini qo’llab-quvvatlab kelmoqda.
- Investitsiya jalb qilish
- Chet ellik yoshlarni ish bilan ta’minlash
- Pensiyaga oid masalalar
Park Sang Hoon Chet-el fuqoralari va immigratsiya masalalari bo'yicha ishlash bo'limi derektori
ta’lim
- Suncheon maktabi
- Xalqaro Universitet ( Iqtisodiyot yo'nalishi)
- Indoneziya Milliy Universiteti
Oshirgan malakasi
- Indoneziyadagi Koreya Elchixonasi konsuli lavozimi (2 marta)
- Incheon Xalqaro Aeraportining immigratsiya va tashqi ishlar boshqaqarmasi derektori.
- Adliya vazirligining immigratsiya bo'yicha maxsus tekshiruv bo'limi boshlig'i.
- Cheongju, Daejeon, Gimpo, Seoul Janubiy Immigratsiyasi derektori.
- Adliya vazirligining tashqi siyosati va immigratsiya masalalari bo'yicha (vitse-prezidenti)
- Keum Seong Advokaturasining Indonesia guruhi boshlig'i va chetellik fuqorolarning immigratsiya bilan bo'liq masalalari bilan ishlash bo'limi derektori. ri.
Oshirgan malakasi
- Sejong Advomaturasi
- Kim Dong Gu Advokaturasi advokati
- Keum Seong Advokaturasi
-
Har xil malakatlar bo’yicha konsultant- Ijrochilar
Ingiliz tilida konsultatsyiya: 010-5384-7310
Xitoy tilida konsultatsiya: 010-4508-9966
Wechat: jinsheng01045089966
Vetnam tilida konsultatsiya: 010-5384-7396
Indonez tilida konsultatsiya: 010-5384-4795
Pokiston urdu tilida konsultatsiya: 010-5384-7310
-Uzbek – Rus tillarida konsultatsiya: 010-4510-9966
Turk tilida konsultatsiya : 010-4510-9966
Mangol tilida konsultatsiya: 010-5384-7319
Yuqoridagi davlatlar fuqoralari uchun tezkor konsultatsiya olish imkonini yaratish maqsadida, onlayn saytlarimiz manzilni sizlarga taqdim etdik.
Saytlarimizda vaqti-vaqti bilan sizni qiziqtirgan savol va masalalarga oid turli ma’lumotlarni, mijozlarimiz holatidan misollarini va yangiliklarni ulashib boramiz. Sayitimizga bog’laning va bizni kuzatib boring.